Kontent qismiga oʻtish

Germanlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Germanlar – mil. av. I asrda Shim. va Boltiq dengizlari oraligʻida, Reyn, Dunay, Visla daryolari boʻylarida va Jan. Skandinaviyada yashovchi, hindevropa til guruhiga mansub qad. qabilalar. Germanlar urugʻchilik tuzumida yashagan, mil. I asrda bu tuzum yemirila boshlagan. Germanlar 4 — VI asrlarda Xalqlarning buyuk koʻchishida asosiy rol oʻynagan, Gʻarbiy Rim imperiyasining koʻp qismini bosib olgan va bir qancha qirolliklar — vestgotlar, vandallar, ostgotlar, burgundlar, franklar, langobardlar kabi qirolliklarni tuzgan. Germanlar hozirgi kator Gʻarbiy Yevropa xalqlari: nemislar, gollandlar, flamandlar, danlar, shvedlar, norveglar va b. etnogenezining asosini tashkil etadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil