Yordam:Tasvirlarni yashirish
Bu Vikipediyaning yordam sahifasidir. Unda Vikipediya qoidalari va amaliyotlarining ayrim jihatlari (aspektlari) yoki jarayonlari batafsil bayon etilgan. Bu Vikipediya qoida va koʻrsatmalaridan biri emas. Bu yerda turli konsensus va tekshirishlar aks ettirilishi mumkin. |
Baʼzi oʻquvchilar turli sabablarga koʻra Vikipediyadagi ayrim tasvirlarni koʻrishni xohlamasliklari mumkin — bunday tasvirlar ish joyiga mos kelmasligi, bolalar koʻrishidan asrash maqsadi, qandaydir asar uchun spoyler boʻlishi yoki shaxsiy va diniy eʼtiqodlarga zid kelishi mumkin.
Vikipediya senzura qilinmaydi, yaʼni qaysidir maʼlumot kimgadir nomaqbul koʻringani uchungina olib tashlanmaydi. Oʻquvchilarni ehtimoliy taʼsirchan maʼlumotlardan ogohlantirish uchun maqolalarga maxsus ogohlantirishlar qoʻyilmaydi. Saytdagi barcha maqolalar umumiy Kontent boʻyicha ogohlantirish qoidasiga boʻysunadi.
Biroq, ayrim tasvirlarni koʻrishni istamagan oʻquvchilar oʻz interfeyslarini oʻzlariga moslab sozlash imkoniyatiga egadirlar.
Bu sahifa sizga quyidagi holatlarda yordam beradi:
- Vikipediyadan butunlay voz kechish yoki boshqa sayt yaratish oʻrniga hamon undan foydalanishni istasangiz;
- Qandaydir tasvirni haqoratli deb bilsangiz-da, Vikipediya qoidalariga koʻra uni almashtirish yoki oʻchirish boʻyicha konsensusga asoslangan munozaralarda qoʻshimcha eʼtirozlaringiz boʻlmasa.
Oʻquvchilar Vikipediya kontentining ekranda qanday namoyon boʻlishini ikki xil usulda boshqarishlari mumkin:
- Hisob yaratish va tizimga kirgan holda oʻqish orqali. Tizimga kirgan foydalanuvchilar shaxsiy Cascading Style Sheets (CSS) yordamida tasvirlarni tanlab, yashirishlari mumkin.
- Kontentni lokal ravishda filtrlash orqali. Bu veb-brauzerni sozlash (bunda barcha tasvirlarni oʻchirib qoʻyish mumkin) yoki maxsus proksi (masalan, Privoxy) oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.