Avtobus


Avtobus 8 kishidan koʻp joyga ega va yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtomobildir. Avtobusda odatda yoʻlovchilardan tashqari haydovchi va chiptachi ham boʻladi (lekin ba’zi avtobuslarda chiptani komposterdan olish mumkin; serqatnov yoʻlda haydovchisiz harakatlana oladigan transport vositalari ustida ham ish ketmoqda).
Avtobus (avto (mobil) va lotincha: (omni) dus– hamma uchun) – 9 va undan ortiq oʻrinli yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil. Vazifasiga koʻra, shahar Avtobuslari, shaharlararo Avtobuslar, shahar atrofi Avtobuslari va maxsus Avtobuslarga boʻlinadi. Shahar Avtobuslari aholi yashaydigan punktlarda, shaharlararo Avtobuslar aholi yashaydigan punktlar orasida yoʻlovchilarni tashiydi. Maxsus Avtobuslar sayyoxlar, dam oluvchilar, samolyotga chiquvchilar, ayrim idoralar va boshqa uchun moʻljallangan. Shaharlararo Avtobusda yukxona boʻladi va oʻrindiqlari uxlab ketish uchun moslashtiriladi. Avtobuslar ikki qavatli qilib ham ishlanadi. Avtobuslar qishda isitiladi, yozda esa shamollatib turiladi. Avtobuslar 110 km/soat gacha tezlik bilan yura oladi. Avtobusning oʻlchami (uzunligi) 5 m dan ( mikroavtobuslar) 24 m gacha (qoʻsh Avtobuslar). Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish istiqlol yillaridagina yoʻlga qoʻyildi.1999-yildan Samarqand shahridagi "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo qatnashga moʻljallangan M 23.9 (23 oʻrindikli; dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) va M 29 (29 oʻrindiqli; dvigatelining quvvati 84,6 kVt, maksimal tezligi 105 km/soat) rusumli, shuningdek shahar ichida qatnashga moʻljallangan M 24.9 (23 oʻrindiqli, dvigatelining quvvati 65 kVt, maksimal tezligi 95 km/soat) rusumli Avtobus ishlab chiqariladi[1] .
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtobus atamasi avtomobil hamda lotincha omnibus – "har yerda" soʻzlaridan qisqartmadir.
Shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |