Bellinsgauzen Faddey Faddeyevich

Bellinsgauzen Faddey Faddeyevich (1778.9 (20). 9, Ezel o., hozirgi Saaremaa o., Estoniya Respublikasi – 1852, 13 (25). 1, Kronshtadt) – rus dengizchi sayyohi va tadqiqotchisi, admirali. 1803 – 1806 yillarda dunyo aylana dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1819 – 1821 yillarda „Vostok“ va „Mirniy“ kemalarida Antarktidaning qutb yoni zonalarini oʻrganish va nomaʼlum yerlarni kashf qilish uchun yuborilgan ekspeditsiyaga boshchilik qildi. Ekspeditsiya 1820-yil yanvarda Antarktida qirgʻoqlari (hozirgi Bellinsgauzen shelf muzligi)ga yaqinlashdi. Antarktida yaqinida va Tinch okeaning tropik qismida bir necha orol kashf qilindi. Ekspeditsiya 1821-yil iyul—avgustda 751 kunlik dengiz safaridan keyin Kronshtadtga qaytib keldi. Bellinsgauzen 1839-yildan Kronshtadt gubernatori boʻlgan. Ekspeditsiya tafsilotini haritalar atlasi bilan birga nashr qildirgan. Bellinsgauzen nomiga Tinch okeandagi dengiz va suv osti soyligi, Antarktidada shelf muzligi va ilmiy stansiya, orol va boshqa qoʻyilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |