Kontent qismiga oʻtish

Nagasaki

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Image

Nagasaki — Yaponiyadagi shahar, Kyusyu orolining gʻarbida, Nagasaki qoʻltigʻi soxilida joylashgan. Nagasaki prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 423,2 ming kishi (2000). Yirik port. Yaponiyaning janubiy suvlaridagi baliqovlash bazasi. Kemasozlik va kema taʼmirlashning yirik markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, metallurgiya, toʻqimachilik, neft kimyosi, yogʻoch tilish sanoatlari rivojlangan. Universitet, savdo-sanoat muzeyi, qadimiy sanʼat va boshqa muzeylar bor. Shahar XII asrdan maʼlum. XVI— XVII asrlarda Nagasakida portugallar faktoriyasi boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi oxirida, 1945-yil 9-avgustda shaharga tashlangan atom bombasi natijasida shaharning koʻp qismi vayron boʻlgan, 75 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan va yaralangan. Nagasaki erkin reja asosida qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan XVI—XIX asrlarda qurilgan Suva ibodatxonasi, budda ibodatxonalari ansambllari, koʻpriklar, katoliklar cherkovlari saqlangan. 1945-yil 9-avgustdagi vayronagarchiliklardan keyin qayta qurilgan binolar qatorida Tinchlik bogʻi (xalqaro madaniyat markazi binosi bilan) va monumenti qurilgan[1].

NagasakiYaponiyadagi shahar, Kyusyu oroli gʻarbida, Nagasaki koʻrfazida joylashgan. Nagasaki Prefekturasi maʻmuriy markazi.

Aholisi - 447,4 ming kishi (2004).

Nagasaki 1945 yil 9-avgust kuni AQShning Yaponiyaga qarshi uyushtirgan ikkinchi yadroviy hujum nishoni boʻlgan: Amerika bombardimonchi samolyotlari tomonidan "Semiz" bombasi tashlangan va bu hujum halokatli natijalar va minglab insonlarning ommaviy halok boʻlishiga olib kelgan.

Hozirgi kunda Nagasaki - yirik savdo va yoʻlovchi porti, Yaponiyaning janubiy suvlaridagi baliqchilik bazasi. Yirik kema qurish va taʻmirlash markazi (suv sigʻimi 300-500 ming tonna boʻlgan kemalar tayyorlanadi). Mashinasozlik bilan bir qatorda oziq-ovqat (shuningdek baliq konervalash), metallurgiya, yengil sanoat, neftekimyo, o'rmonchilik sanoatlari ham rivojlangan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil