Al-Xalil
Al-Xalil الخليل, חברון, | |
|---|---|
| shahar | |
| 31°32′6″N 35°5′55″E / 31.53500°N 35.09861°E | |
| Mamlakat | Falastin |
| Viloyat | Al-Xalil |
| Hukumat | |
| • Munitsipal rahbar | Tayseer Abu Sneineh[1] |
| Maydon | 74.102 km2 (28.611 kv mi) |
| Aholisi | 201,063 |
|
| |
Al-Xalil yoki Xevron (arabcha: الخليل al-Khalīl, ⓘ yoki خَلِيل الرَّحْمَن Khalīl al-Raḥmān[2]; ibroniycha: חֶבְרוֹן Ḥevrōn, ⓘ)– Iordan daryosining Gʻarbiy sohili janubiy qismidagi eng yirik shahar, Falastinning Al-Xalil viloyati markazi[3][4][5][6]. Quddusdan 30 km janubda, dengiz sathidan 927 m balandlikda joylashgan. 2017-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 201 063 nafar falastinlik, 2019-yilgi roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 1000 ga yaqin isroillik istiqomat qilgan[7]. Al-Xalil hududining 80 foizi Falastin milliy maʼmuriyati, 20 foizi Isroil armiyasi nazorati ostida.
Al-Xalil – dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri, tarixiy Yahudiya viloyati hududida joylashgan boʻlib, yahudiylikda Quddusdan keyin ikkinchi muqaddas shahardir. Al-Xalildagi eng mashhur tarixiy maskan – Patriarxlar gʻori boʻlib, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlar uchun muqaddas joydir. Bibliyada tilga olingan – boshpana shaharlardan biri.
Shaharda Xevron universiteti, Falastin politexnika universiteti, shuningdek, Patriarxlar gʻori binosida bir nechta yahudiy diniy iyeshivlari joylashgan.
Injilga koʻra, shaharning asl nomi Kiriaf-Arba (Bit. 23:2), boshqacha yozilishi – Qiriyat-Arba yoki Qiryat-Arbadir. Hozirgi vaqtda Al-Xalilga tutashgan Isroilning Kiryat-Arba shahar posyolkasi shu nom bilan ataladi.
2017-yilda Al-Xalilning eski shahar qismi YuNESKO tomonidan Jahon merosi yodgorligi deb eʼlon qilindi[8].]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alimi, Eitan. Israeli Politics and the First Palestinian Intifada: Political Opportunities, Framing Processes and Contentious Politics. Routledge, 2013. ISBN 978-1-134-17182-8. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
- Beilin, Y.. The Path to Geneva: The Quest for a Permanent Agreement, 1996–2004. Akashic Books, 2004. ISBN 978-0-9719206-3-7. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
- Kamrava, Mehran. The Modern Middle East: A Political History since the First World War, 2, University of California Press, 2010. ISBN 978-0-520-94753-5. Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
- Rothrock, James. Live by the Sword: Israel's Struggle for Existence in the Holy Land. WestBow Press, 2011. ISBN 978-1-449-72519-8. Qaraldi: 2013-yil 5-oktyabr.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Palestinian terrorist in killing of 6 Jews elected Hebron mayor“ (2017-yil 14-may). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ Medieval Islamic Civilization: A-K, index by Josef W. Meri; p. 318; "Hebron(Khalil al-Rahman"
- ↑ Kamrava 2010, s. 236.
- ↑ Alimi 2013, s. 178.
- ↑ Rothrock 2011, s. 100.
- ↑ Beilin 2004, s. 59.
- ↑ „Palestinians say Israel aims to rid Hebron of witnesses. // Middle East Online, 29.01.2019“. 2019-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Hebron/Al-Khalil Old Town“. World Heritage List. UNESCO (2017). 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.