Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari
|
Bu sahifada tanlangan maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqolada kamchiliklar boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak. Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin. |
| ||
Nomzodlikka qoʻyish
| |||
Nomzodlar
[manbasini tahrirlash]- Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 07:19, 2026-yil 16-iyun (UTC)
Ushbu maqola Safaviylar davlatining eng nufuzli va qudratli siyosiy siymolaridan biri Parixon haqida boʻlib, unda ushbu malikaning Safaviylar boshqaruvidagi beqiyos oʻrni, ikki shoh hukmronligi davridagi siyosiy roli va fojiali taqdiri yoritilgan. Sharq ayollari yetakchiligiga oid sifatli maqolalarning koʻpayishi Oʻzbekcha Vikipediya nufuzini yanada oshiradi deb oʻylayman. Maqolani koʻzdan kechirib, oʻz fikr va ovozlaringizni qoldirishingizni soʻrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 07:19, 2026-yil 16-iyun (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Ogʻa yoki Oʻgʻa. Tahmosb yoki Tahmosb I. Ibrohimjon 04:15, 2026-yil 21-iyul (UTC)
- Ogʻa boʻlishi kerak, imloda xato ketgan ekan, tuzatib qoʻydim. Tahmosb va Tahmosb I ikkalasiyam qoʻllanilishi mumkin. Tahmosb II, III va hokazolar boʻlganda adashtirib yubormaslik uchun aniq koʻrsatiladi. Sitora Oblakulova (munozara) 05:22, 2026-yil 28-iyul (UTC)
Nomzod qilingan maqolani oʻqib chiqish mobaynida men uchratgan kamchiliklar:
- Oldin: U akasi Haydar Mirzo va uning tarafdorlarining taxtga chiqishga urinishini barbod qilib, oʻzi yoqlagan nomzod — akasi Ismoil Mirzoni taxtga oʻtqazgan. Keyin: Akasi Haydar Mirzo va tarafdorlarining taxtga chiqishga urinishini barbod qilib, oʻzi yoqlagan nomzod — yana bir akasi Ismoil Mirzoni taxtga oʻtqazgan. Sabab: tavtologiyadan qochish, olmoshlarni gapda koʻp takrorlamaslik.
- Hozir: 1577-yilda Ismoilning suiqasd bilan oʻldirilishida Parixon bosh tashkilotchi boʻlgan boʻlishi mumkin. Keyin: 1577-yilda Ismoilning suiqasd bilan oʻldirilishida Parixon bosh tashkilotchi boʻlgani ehtimoli mavjud. Sabab: tavtologiya, gʻalizlik.
- Hozir: Baʼzilar tomonidan Safaviylar tarixidagi eng qudratli ayol deya baholangan Parixon yuqori tabaqaga mansub ayollarga qattiq cheklovlar qoʻyilgan jamiyatda bir muddat sust va samarasiz Safaviy saroyini toʻliq nazorat qila olgan. Zamondoshlari uni aql-zakovati va layoqati uchun maqtagan, ammo keyingi yilnomalarda u ikki akasini oʻldirgan va taxtni egallashni koʻzlagan yovuz qahramon sifatida tasvirlangan. U bir qancha shoirlarga homiylik qilgan, bu shoirlar orasida Muhtasham Koshoniy ham boʻlib, u Parixon sharafiga beshta qasida bitgan. Davr yozuvchilari unga bagʻishlab asarlar yozgan. Bunga Abdibek Sheroziyning „Takomilat al-axbor“ asarini misol qilish mumkin. Shuningdek, Parixon islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaga qiyos qilingan. Keyin: Baʼzilar tomonidan Safaviylar tarixidagi eng qudratli ayol deya baholangan Parixon yuqori tabaqaga mansub ayollarga qattiq cheklovlar qoʻyilgan jamiyatda bir muddat sust va samarasiz Safaviy saroyini toʻliq nazorat qila olgan. Zamondoshlari malikani aql-zakovati va layoqati uchun maqtagan, ammo keyingi yilnomalarda ikki akasini oʻldirgan va taxtni egallashni koʻzlagan yovuz qahramon sifatida tasvirlangan. Shuningdek bir qancha shoirlarga homiylik qilgan, ushbu shoirlar orasida Muhtasham Koshoniy ham boʻlib, shoir Parixon sharafiga beshta qasida bitgan. Davr yozuvchilari unga bagʻishlab asarlar yozgan. Bunga Abdibek Sheroziyning „Takomilat al-axbor“ asarini misol qilish mumkin. Shuningdek, Parixon islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaga qiyos qilingan. Sabab: olmoshning oʻzini koʻp qoʻllash matnda jozibaning kamayishiga sabab boʻladi, sunʼiylik, toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima kabi alomatlarni yuzaga chiqaradi.
- Oldin: Uning otasi Safaviylar sulolasining ikkinchi shohi Tahmosb I boʻlgan. Keyin: Otasi Safaviylar sulolasining ikkinchi shohi Tahmosb I boʻlgan.. Sabab: olmoshning ortiqcha qoʻllanishi.
- Oldin:Parixon va Qizilboshlilar Muhammad faqatgina ramziy hukmdor boʻladi, mamlakatni esa amalda Parixon va uning vakillari boshqaradi, degan kelishuvga kelishgan. Keyin: Parixon va Qizilboshlilar Muhammad faqatgina ramziy hukmdor boʻladi, mamlakatni esa amalda Parixon va uning vakillari boshqarishi toʻgʻrisidagi qarorga kelishgan. Sabab: tavtologiya.
- Oldin: Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi de facto hukmronligini amalga oshirdi. Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi de facto hukmronligini amalga oshirdi[31][3]. U akasi Ismoil qamoqqa tashlagan mahbuslarni ozod qildi va koʻplab mashhur erkaklar va ayollarni himoyasiga oldi.. Keyin: Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi bora de-fakto hukmronlik qilgan[31][3]. Akasi Ismoil qamoqqa tashlagan mahbuslarni ozod qiladi va koʻplab oʻsha davrda xalq orasida dongdor kishilarni himoyasiga oladi. Sabab: sunʼiylik, toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima.
- Oldin: Masalan, Maxdum Sharifiy Sheroziyni qamoqdan chiqardi va uning Usmoniylar imperiyasiga qochib ketishiga yordam berdi. Keyin: Masalan, Maxdum Sharifiy Sheroziyni qamoqdan chiqarib, Usmoniylar imperiyasiga qochishiga yordam bergan..
- Shuningdek butun matnni u, bu, uni, uning, oʻz kabi olmoshlarning qoʻllanishi bilan bogʻliq holat sabab toʻliq tahrirlash lozim. Ushbu olmoshlarning qoʻllanishi matnning jozibadorligi va tabiiyligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
@Sitora Oblakulova: maqola uchun ancha mehnat qilgansiz. Oʻylaymanki yuqorida keltirilgan kamchiliklarning bartaraf etilishi maqolaning yanada mukammal va oʻquvchiga manzur boʻlishiga xizmat qiladi. Mirishkorlik (munozara) 13:26, 2026-yil 14-sentyabr (UTC)
- Fikrlar uchun rahmat, siz koʻrsatib oʻtgan va yana bir qancha kamchiliklarni tuzatib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 05:48, 2026-yil 28-sentyabr (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]
Roziman. Ibrohimjon 06:26, 2026-yil 28-iyul (UTC)
Roziman. Janob Mirzaolim (munozara) 16:22, 2026-yil 8-oktyabr (UTC)
Roziman --Mirishkorlik (munozara) 16:36, 2026-yil 15-oktyabr (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]- Nominator(lar): PanPanChik #yozish 09:22, 2025-yil 25-dekabr (UTC)
Mazkur maqola Buddizm dinidagi asosiy tushunchalardan birini ifodalaydi. Maqola 72 ta tilda mavjud boʻlib, uni nomzodlikka qoʻyish uchun iyun-iyul oylarida takomillashtirishga urindim. Maqola tarkibidagi qizil link bilan kelgan oʻnlab maqolalar va ular tegishli turkumlarni yaratib, oʻzim uchun boshlagan Buddizm chellenjini amalga oshirdim. Maqola nomzodlik uchun munosib deb hisoblayman, agarda siz undagi kamchiliklarni koʻrsangiz iltimos ularni tuzatish va toʻgʻrilashga koʻmaklashing. Hurmat ila PanPanChik #yozish 09:22, 2025-yil 25-dekabr (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Maqolaning pastki qismida Vikiiqtibos va Vikilugʻatga havolalar berilgan. Ammo Vikiiqtibosda va Vikilugʻatda ushbu mavzuga aloqador sahifalar hali yaratilmagan ekan. Havolalarni olib tashlash kerak yoki tegishli sahifalarni yaratish kerak. Umarxon III (munozara) 13:28, 2025-yil 26-dekabr (UTC).
- Vikiiqtibosda kerakli sahifalarni yaratib chiqishga harakat qilaman. PanPanChik #yozish 07:07, 2025-yil 27-dekabr (UTC)
