Kontent qismiga oʻtish

Abduhoshim Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abduhoshim Abdullayev
Image
 Fargʻona viloyati hokimi
Mansab davri
2006-yil  2008-yilgacha
Oʻtmishdoshi Shermat Nurmatov
Vorisi Mamatisoq Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1950
Fargʻona viloyati
Maʼlumoti Oliy, Fargʻona politexnika instituti
Mukofotlari Image

Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich (1950-yil) – sovet va oʻzbek davlat, jamoat, xoʻjalik arbobi.

1950-yilda Fargʻona viloyatida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Fargʻona politexnika institutini tamomlagan (1972), (1991).

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1972—1976-yillarda Fargʻona yogʻ-moy kombinatida elektromontyor-taʼmirchisi, elektr jihozlarini taʼmirlash boʻyicha elektromontyor, Fargʻona Azot oʻgʻit zavodi elektr taʼminoti sexi sinov uchastka ustasi, Fargʻona shahar konstruktorlik boʻlimi yangi ishlab chiqarish katta muhandisi lavozimlarida[1];
  • 1976—1981-yillarda Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi triatsetilsellyuloza ishlab chiqarish katta energetigi[2];
  • 1981—1983-yillarda Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh energetikining issiqlik va suv taʼminoti boʻyicha oʻrinbosari[1];
  • 1983—1992-yillarda Fargʻona shahar partiya organlarida ishlagan[2];
  • 1992—1995-yillarda – Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari[3];
  • 1995—2005-yillarda Fargʻona „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori[2];
  • 2005—2006-yillarda Margʻilon shahar hokimi[2];
  • 2006—2008-yillarda Fargʻona viloyati hokimi[1];
  • 2008—2010-yillarda „Fargʻonaazot“ ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari[1];
  • 2010—2017-yillarda „Fargʻonaazot“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari[1];
  • 2017—2019-yillarda „Oʻzkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda mehnat qilgan[3].

Abdullaev Abduhoshim Abdullaevich Oʻzbekiston mahalliy kimyo sanoatining yetakchi namoyandalaridan biridir. U ushbu sohadagi 40 yildan ortiq faoliyat davomida soha rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, uni saqlab qolish va malakali kadrlar bilan toʻldirishga erishdi. Bugungi kunga qadar „FargʻonaAzot“ ishlab chiqarish birlashmasi postsovet hududidagi yetakchi hisoblanadi. U Oʻzbekistonning xalq orasida eng obroʻli rahbarlaridan biri sanaladi.

2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[4].