Marks Jumaniyozov
| Marks Jumaniyozov | |
|---|---|
|
| |
|
Mansab davri 1992-yil 27-yanvar – 1996-yil 11-sentabr | |
| Hukumat boshligʻi |
Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Iskandar Yusupov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
18-avgust 1938-yil Yangibozor tumani, Xorazm viloyati |
| Vafoti |
27-dekabr 2012-yil (74 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| Mukofotlari |
|
Marks Jumaniyozovich Jumaniyozov (1938-yil 18-avgust, Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Oyoqdoʻrmon qishlogʻi — 2012-yil 27-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri. 1994-yilda „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan[1].
2008-yilda Marks Jumaniyozovning „Esimda qolgan onlar“ nomli kitobi ommaga taqdim etilgan. Mazkur kitobda butun hayoti davomida oʻz xalqiga xizmat qilgan va oʻz elining mehriga, hurmatiga sazovor boʻlgan fidoyi va mehnatkash inson Marks Jumaniyozov sevimli kasbi muhandislik, qishloq xoʻjaligi mutaxassisligi haqida joʻshib, faxrlanib yozgan. Marks Jumaniyozov nafaqat qishloq xoʻjaligi xodimi boʻlib qolmasdan hayotida juda koʻp sohalarga qiziqib, ularning vakillari bilan uchrashib, doʻstlashib bahslashib turgan. Risolada turli soha vakillari haqida qiziqarli maʼlumotlar berilgan[2].
Ayniqsa, Xorazm vohasining sanʼatga shaydo eli va bu elning qadimiy betakror musiqasi, qator elga taniqli sanʼatkorlari Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov kabilar haqida ham chuqur va qiziqarli maʼlumotlar berilgan.
Marks Jumaniyozov oʻzining mehnatsevarligi va rahbarlik qobiliyati bilan Xorazm tarixida yorqin iz qoldirgan. Uning ishi nafaqat hududda, balki butun Oʻzbekiston agrar sohasida sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marks Jumaniyozov 1938-yil 18-avgustda Yangibozor tumani Oyoqdoʻrmon qishlogʻida tugʻilgan, keyin Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgandan soʻng mexanik-muhandis sifatida oʻqigan. „Xorazmsovxozvdstroy“ trestini boshqargan va sholi yetishtirish uchun qumli yerlarni oʻzlashtirishga katta hissa qoʻshgan. 1975—1990-yillarda Xonqa, Urganch va Yangibozor tumanlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1990-yil apreldan Xorazm viloyati „Selxoznabremont“ uyushmasining raisi boʻlib ishlagan[3].
1992-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Xorazm viloyatining birinchi hokimi etib tayinlandi[4][5]. 1996-yilgacha hokim lavozimida ishlagan[6].
1997-yil noyabrga qadar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri, soʻngra Davlat karantin xizmati boshligʻi sifatida ishlagan[7].
2012-yil 27-dekabrda Toshkentda vafot etgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi eʼlon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida“ gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).[sayt ishlamaydi]
- ↑ Esimda qolgan onlar.
- ↑ „Выпуск № 18 (22738) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
- ↑ „Выпуск № 19 (22739) | Pravda Vostoka“. press.natlib.uz. 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
- ↑ https://lex.uz/docs/-236474
- ↑ http://xorazmiy.uz/uz/pages/view/149
- ↑ „ДЖУМАНИЯЗОВ Маркс Ж. | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
- ↑ „Dunyouzbeklari.com- журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси“. www.dunyouzbeklari.com. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- 18-avgustda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Yangibozor tumanida tugʻilganlar
- 27-dekabrda vafot etganlar
- 2012-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Xorazm viloyati hokimlari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari
