Gibraltar
Gibraltar inglizcha: Gibraltar
| |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
|
Shior: "Montis Insignia Calpe" ("Gibraltar qoyasining nishoni") | |
|
Madhiya: "God Save the King" | |
|
| |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Boshqa tillar |
• Yanito (mahalliy til) • Ispan tili (ahamiyatli til) |
| Etnoxoronim(lar) | Gibraltarliklar • Yanitoliklar |
| Hukumat | Mahalliy vakillikka ega qaram hudud |
• Monarx |
Charles III |
| Ben Baterst | |
| Fabian Pikardo | |
• Mayor |
Karmen Gomes |
• Vazir |
Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Parlament |
| Suveren davlat ( | |
• Ispaniyadan bosib olinishi |
1704-yil 4-avgust |
• Buyuk Britaniyaga topshirilishi |
1713-yil 11-aprel |
• Milliy kun |
1967-yil 10-sentyabr |
• Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘lishi |
1973-yil 1-yanvar |
• Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishi |
2020-yil 31-yanvar |
| Maydon | |
• Butun |
6.8 km2 |
• Suv (%) |
0 |
| Aholi | |
• 2022-yilgi roʻyxat |
32,688 kishi |
| • Zichlik | 5,000/km2 |
| YIM (XQT) | 2013-yil roʻyxati |
• Butun |
£1.64 milliard |
• Jon boshiga |
£50,941 |
| YIM (nominal) | 2024-yil roʻyxati |
• Butun |
£2.911 milliard |
• Jon boshiga |
£85,614 |
| HDI (2018) |
0.961 very high · 3 oʻrin |
| Pul birligi |
Funt sterling Gibraltar funti (£) (GIP) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+01:00 (CET) |
| UTC+02:00 (CEST) | |
| Avtomobil harakati | Oʻngga |
| Telefon prefiksi | +350 |
| ISO 3166 kodi | GI |
| Internet domeni | .gi |
|
Web-sayt gibraltar.gov.gi | |
Gibraltar (inglizcha: Gibraltar جبل طارق bo'lib, u Jabal Tāriq (yoki Ġabal al-Ṭāriq)) — Buyuk Britaniyaning Pireney yarim oroli janubidagi dengizorti hududi, qoyali yarim orol va qumli boʻyinni egallaydi.
Geografik joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gibraltar Priney yarimorolining janubiy qismida joylashgan Buyuk Britaniyaga qarashli yerlar hisoblanadi. Quruqlik orqali shimolda faqat Ispaniya bilan chegaradosh. Sharqda Oʻrta yer dengizi, janub va gʻarbda Gibraltar boʻgʻozi va Atlantika okeani bilan tutash. Gibraltar hududlari hali ham Ispaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi nizoli yerlar hisoblanadi.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat tuzumi — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshligʻi Britaniya qiroli tomonidan tayinlanadigan gubernator. Siyosiy partiyalari: Gibraltar Leyboristlar partiyasi, Gibraltar Demokratik partiyasi.
Iqtisodiyoti va transport kommunikatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gibraltar asosan dengiz portlaridan iborat boʻlib, uning iqtisodi Britaniya tomonidan beriladigan harbiy-iqtisodiy yordami bilan belgilanadi.
2006-yil YaIM miqdori 825 mln. dollarni (aholi jon boshiga — 29,600 dollar) tashkil etgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi Gibraltar hududlari 711-yilda arablar tomonidan bosib olingan. 1462-yilda Gibraltarni ulardan ispanlar tortib olishdi. 1704-yilda Gibraltar Buyuk Britaniya tomonidan istilo qilinadi. 1713-yil Utrext shartnomasiga koʻra, Gibraltar Buyuk Britaniya nazoratidagi yerlar deb eʼlon qilinadi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillarida bu hududlar Britaniyaning harbiy dengiz bazasi sifatida xizmat qildi.
1967-yil BMTning talabi bilan oʻtkazilgan referendumlarda Gibraltar xalqi Ispaniya bilan qoʻshilishdan bosh tortdi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻjaligi Buyuk Britaniyaning harbiy dengiz va havo bazalariga, chet el turistlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Yengil va oziq-ovqat sanoati va kema taʼmirlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilmaydi. Importining 1/4 oziq-ovqat mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Gibraltar ochiq port, kuniga 200 kema kiradi.[1]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- R. Farmonov. «Dunyo mamlakatlari (qisqacha maʼlumotnoma»). Toshkent, 2009-yil