Tirana
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Tirana | |
|---|---|
|
| |
|
| |
| 41°19′42″N 19°49′5″E / 41.32833°N 19.81806°E | |
| Hukumat | |
| • mer | Lulzim Basha |
| Zichligi | 10553 kishi/km2 |
|
| |
Tirana (Tiranë) — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Iqlimi subtropik, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4–5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan koʻproq.
Tirana — transport yoʻllari tuguni. Transport yoʻli orqali Durres porti bilan bogʻlangan. Shahar yaqinida Rines aeroporti bor. Tirana va uning atrofidagi korxonalarda mamlakat sanoat mahsulotining 1/5 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat. Shuningdek, oynakeramika va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Tirana — yogʻoch, kumush, keramikaga badiiy ishlov berish markazi.
Tirana qoʻlyozmalarda kichik manzilgoh sifatida XV asrdan tilga olingan. XVII asr boshida shahar barpo qilingan. 1920-yildan Albaniya poytaxti. Tirana binolari qad. Sharqqa xos uslublarda qurilgan eski va zamonaviy yangi qismdan iborat. Iskandarbek maydoni atrofida hukumat idoralari, maʼmuriy binolar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (XVII asr) va minora saqlangan. Universitet (1957), Albaniya Fanlar Akademiyasi, intlar, milliy tarix muzeyi, tasviriy sanʼat galereyasi va boshqa bor. Tirana yaqinidan koʻmir qazib olinadi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tirana sharining rasmiy vebsayti (Wayback Machine saytida 2012-06-24 sanasida arxivlangan)
- Tirana shahri ommaviy transportining jadvali (Wayback Machine saytida 2012-07-20 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |